Salomatlik sayillari

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Salomatlik sayillari” oyligi bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani, Marg‘ilon hamda Quvasoy shaharlarida tashkil etilgan aksiyada minglab aholi respublikadan kelgan malakali mutaxassislar hamda mahalliy shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi.

Tekshiruvlar natijasida 2 908 nafar fuqaroga ambulator, 227 nafariga statsionar sharoitda davolanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali xastaligi bor o‘nlab bemorlarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish belgilandi.

 

Aksiya viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.